Namangan viloyat kardiologiya markazi (keyingi o'rinlarda «Markaz» deb yuritiladi) Namangan viloyat Xokimining 1993 yil 8 apreldagi 04/101-sonli qarori bilan tashkil etilgan davlat muassasasi hisoblanib, mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarni Sog'ligini Saqlash to'g'risida» gi qonunga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi to'g'risida» gi 1998 yil 10 noyabrdagi PF-2107 - sonli farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining 2005 yil 15.09.dagi «Respublikada aholiga ko'rsatilayotgan kardiologiya hizmatini yanada takomillapggirish to'g'risida» gi 452-sonli buyruq 

talabiga asoslanib ishlab chiqilgan bo'lib, mazkur Nizom soglikni saklash tizimini barcha yuqori tashkilot va boshqaruv organlarining tibbiyot sohasi bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar majmuasini o'zida to'liq mujassamlashtiradi.

Namangan viloyat kardiologiya markazi Namangan viloyat sog'liqni saqlash boshqar masining yagona tizimidagi hududiy bo'g'ini hisoblanadi va o'z faoliyatida Namangan viloyat sog'likni saqlash boshqarmasiga bevosita bo'ysunadi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi va hududiy boshqaruv organlar yoki tashkilotlarning tibbiyot kardiologiya soxasiga oid xujjatlari bilan ish olib boradi.  Markazning faoliyat ko'rsatish muddati cheklanmagan.

Markaz o'z faoliyatini shaxar va tumanlardagi mutaxassis kadrlarning fikr muloxazalarini o'rganish bilan xamda jamoat tashkilotlarining sohaga oid takliflarini xisobga olgan xolda ularni atroflicha o'rganib chiqib amalga oshiradi.

Markaz soha bo'yicha malakali tibbiy, uslubiy tashkiliy va kvalifikatsion markaz xnsoblanib, davolash, tashhis qo'yish, kadrlarning bilim saviyalari va yangiliklarni amalda joriy etilishi uchun mas'ul tibbiyot muassasasidir.

Markaz 2012 yildan boshlab 80 foiz mablagni o'zini - o'zi moliyalashtirish hisobi ga xamda 20 foiz mablag' byudjetdan, imtiyozli bemorlar uchun ta'minlanadi va yuridik shaxs hisoblanadi. Markazni moliyalashtirish aralash tarzda - Davlat byudjeti mablag'lari (tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda) Markazning o'z daromadlari va jalb qilinadigan manbalar (grantlar, homiylik mablag'lari va boshqalar) hisobiga amalga oshiriladi.

Markaz yuridik shaxs xisoblanib, ,o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi hudu dida amal kilayotgan qonunchilik normalari, 'O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vaztsrliklar va davlat qo'mitalarining soha bo'yicha qarorlari va mazkur Nizom asosda ishni tashkil qiladi.