Namangan viloyati xokimi   X.X.Bozorov

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KARDIOLOGLARI

KONFERENSIYASI  DELEGATLARIVA QATNASHCHILARIGA

 

Hurmatli kardiologlar!

Men  O‘zbekiston  Respublikasi kardiologlarining «Kardiologiya soxasidadagi innovatsion g‘oya va yangi texnologiyalar»  konferensiya delegatlari  va  mehmonlarini chin  yurakdan  qutlayman.  Bunday muhim  tadbirning  Namangan shaxrida  “Sog‘lom ona va bola yili”da  xalqimizning  asrlar davomidagi  qadriyatlari  va an’analarini  hisobga  olgan holda  o‘tkazilishi  ramziy hisoblanadi.  

O‘zbekistonda  1998  yildan  boshlab  Prezidentimiz Farmoniga  ko‘ra  Sog‘liqni  Saqlash  tizimi  chuqur  islohot qilinmoqda.  Birinchi  bosqichda  Respublika  aholisiga  bepul asosda  tezkor  tibbiy  yordam  ko‘rsatishning  aniq  tizimi barpo  etildi  va  umumiy  amaliyot  vrachi  faoliyatiga asoslangan  birlamchi  tibbiy-sanitariya  yordamining  tubdan yangi  tizimi  shakllantirildi.  

Ikkinchi  bosqichda  O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2003  yil  26-feralidagi Farmoniga  va  Vazirlar  Mahkamasining  240-sonli  Qaroriga binoan  4  ta  ixtisoslashtirilgan  markaz,  jumladan  Respublika ixtisoslashtirilgan  kardiologiya  markazi  shuningdek Namangan viloyati xokiimining №04/101 sonli qaroriga asosan kardiologiya markazi tashkil  qilindi. Ijtimoiy  yo‘nalishga  qaratilgan  tadbirlar  kompleksi o‘tkazilishi  natijasida  viloyatimiz  aholisining  o‘rtacha umri  67  dan  73  yoshgacha,  ayollar  o‘rtasida  esa  75  yoshgacha  ortdi va  bugungi  kunda  keksalar  sonining  bunday  ortishi  bizlarni ular  uchun,  Respublika  aholisiga  bepul asosda  tezkor  tibbiy  yordam  ko‘rsatishning  aniq  tizimi barpo  etildi  va  umumiy  amaliyot  vrachi  faoliyatiga asoslangan  birlamchi  tibbiy-sanitariya  yordamining  tubdan yangi  tizimi  shakllantirildi.  

Avvalambor,  yurak-qon  tomir  kasalliklari  va  undan bo‘ladigan  o‘lim  bilan  kurashishga  undaydi.  Yetakchi  kardiologiya markazlarining,  jumladan viloyat kardiologiya  markazi  ish  tajribasiga  ko‘ra  arterial  bosimni nazorat  qilish  miokard  infarkti  sonini  40–50%  ga kamaytirish imkonini beradi. Mamlakatda  kardiologik  xizmatning  umumiy  tarmog‘i,  tezkor tibbiy yordam tizimi barpo etilishi, diagnostika va davolashning zamonaviy standartlari tadbiq etilishi oxirgi 5 yil ichida  o‘tkir  miokard  infarktidan  bo‘lgan  kasalxona  ichi  o‘limi darajasini  9–10%  ga  kamaytirishga  imkon  berdi.  Xozirgi  kunda  kardiologiyada  diagnostika  va  davolashning  zamonaviy  yuqori texnologiyali kaminvaziv uslublari. angioplastikali va stentli  koronaroangiografiya  bajarilishi,  shuningdek,  yurak  aritmiyasini  kaminvaziv  yo‘l  bilan  davolash  eng  og‘ir  toifadagi  bemorlar  hayotini  saqlab  qolishga  hamda  mehnatga  layoqatliligini qaytarishga imkon bermoqda.

Shunisi quvonarliki, intervension uslublar V.V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi ketidan Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazida, 2010 yildan Respublika kardiologiya markazida 2014 yildan esa Namangan viloyat kardiologiya markazida  o‘z  rivojini  topdi.  Faqatgina  o‘tgan  davr mobaynida  bu  yerda  ------- ta koronarografiya va ----- ta koronar arteriyalarini stentlash muolajalari bajarildi, jumladan ---- dan ortiq chap koronar arteriyasi  tanasida  aralashuvlar  o‘tkazildi.  2015 yil boshidan  

Markazda  yangi  yuqori  texnologiyali  kardiojarrohlik  amaliyotlari,  birinchi  xafta  ichidayoq  2  ta,  jumladan  ishlab  turgan  yurakda  ham  jarrohlik  muolajalari  bajarildi.  2013  yilda  O‘tkir koronar sindrom/O‘tkir miokard infarktli  bemorlarga  tezkor  tibbiy  yordam ko‘rsatishni  tashkil  etishni  takomillashtirish  maqsadida Sog‘liqni  Saqlash  Vazirligi  tomonidan  106-sonli  buyruq chiqarilgan  bo‘lib,  unda  sog‘liqni  saqlash  tizimining  har  bir xalqasi uchun aniq vazifalar, bemorlarga yordam ko‘rsatishda ular orasidagi  o‘zaro  aloqadorlik  belgilandi.

 Ushbu  buyruq  talablari  amalga  oshirilgandan  keyin  O‘tkir koronar sindrom/O‘tkir miokard infarktli  bemorlarda  trombolitik terapiyaning qo‘llanilishi keskin ortdi. 2014 yilda Sog‘liqni  Saqlash  Vazirligi  tomonidan  «Arterial Gipertoniyali  bemorlarga  diagnostik  va  davolash-profilaktika  yordami  ko‘rsatilishini  yaxshilash  to‘g‘risida»  gi  422-sonli  juda  muhim  va  murakkab  buyruq chiqarildi. Bayon etilganlarning barchasi bizlarga aniq bir umid bag‘ishlaydi,  birinchi  navbatda  ming  yillik  vazifalarining asta-sekinlik bilan amalga oshishini kutmoqdamiz.

Namangan viloyati kardiologlari  konferensiyasidada  mehmonlarimiz –  MDH va Respublikamiz  yetakchi  kardiologlarining  ishtiroki  tufayli  anjuman  yuqori  xalqaro ahamiyat  kasb  etadi.  Chin  dildan  umid  qilamanki,  jahonda nomi  chiqqan  olimlarning  anjumanda  ishtirok  etishi  bizning viloyatimizda  yurak-qon  tomir  kasalliklarini  diagnostika qilish  va  davolashning  yangi  yuqori  texnologiyali  uslublarini takomillashtirishga va tadbiq qilishga yordam beradi.

 

Konferensiyaning barcha  ishtirokchilariga  va  mehmonlariga samarali faoliyat ko‘rsatishni hamda viloyatimizda baxtli xordiq daqiqalarini o‘tkazishni tilayman.

 

Namangan viloyati VSSB boshlig‘i   S.D.Muminovning

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KARDIOLOGLARI

KONFERENSIYASINING DELEGATLARI

VA QATNASHCHILARIGA

Hurmatli hamkasbalar!

Tashkiliy  va  ilmiy  qo‘mitanomidan  O‘zbekiston  kardiologlari    delegatlarni,  kongressning  barcha  mehmonlarini va  ishtirokchilarini  bizning elimizda – Boboraxim Mashrab Vatanida  qutlayman. Namangan shaxri – Respublikamizning  eng chiroyli  shaharlaridan  biri hisoblanadi,  O‘zbekiston  Kardiologiyasi  esa  uzoq  o‘tmish  va mustahkam an’analariga ega. Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  kardiologik  xizmatning  umumiy  tarmog‘i  barpo  etilgan  bo‘lib,  u  quyidagi  tarkibda faoliyat ko‘rsatadi. Viloyat kardiologiya markazi – tuman  kabinetlari, ixtisoslashtirilgan  kardiologik  yordam  brigadalari.  Bugungi kunda  viloyatda 321  ta  kardiologik kabinetlar  ishlab  turibdi.  Kardiologik  xizmatning  moddiy-texnik  bazasi  doimo  takomillashmoqda  va  mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 6 avgustdagi “Namangan shaxrining 2009-2012 yillarda obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-1170-sonli Qaroriga asosan, Namangan viloyati kardioxirurgiya markazining  1 va 2-bosqichlarining qurilish ishlari amalga oshirildi, yuqori  texnologiyali  asbob-uskunalar  bilan  jihozlangan  intervension  va kardiojarrohlik  bo‘limlari  barpo  etilgan  va  muvaffaqiyatli faoliyat  ko‘rsatmoqda, kardiologiya markazida  shuningdek  yurak ritmi  buzilishlari  va  qamallarida  ikki  kamerali  kardiostimulyatorlarni  o‘rnatish  o‘zlashtirilgan.  Markazda  kardiojarrohlik bo‘limida  sun’iy  qon  aylanish  sharoitida  va  ishlab  turgan  yurakda  aralashuvlarning  barcha  turlari bajarilmoqda, diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali uslublari o‘tkaziladigan yangi binodan foydalanilmoqda, ushbu bino xukumat qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi va Koreya davlati o‘rtasida tuzilgan o‘zaro xamkorlik doirasida shartnomaga asosan markazga zamonaviy tibbiy asbob uskunalar keltirildi. 

 “Samsung C&N Corporation” (Koreya Respublika) bilan tuzilgan ushbu shartnomaga asosan Namangan viloyat kardiologiya markaziga qiymati 970 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan, yuqoritexnologiyali apparatlar (Statsionar va Mobil rentgen jixozlari, Ultratovush apparati, kardiomonitor, qon va plazmalarni saqlash uchun sovutgich va hokazolar) keltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya davlati o‘rtasida tuzilgan o‘zaro xamkorlik doirasida shartnomaga asosan Shveysariya davlatining “Diatech S.A” firmasi tomonidan olib kelingan, qiymati 624 600 AQSh dollariga  teng, “General Electronic” firmasining “Universalnaya angiograficheskaya sistemaOptima CL 323i” zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Shunday qilib, o‘tkazilayotgan davlat siyosati sharofati bilan  bizda  yurak-qon  tomir  kasalliklari  diagnostikasi,  profilaktikasi va davolanishi bilan bog‘liq eng qiyin masalalar yechimiga  qobil  tizim  yaratilgan.  Biroq,  Namangan viloyati kardiologik xizmati 700 dan ortiq kardiologlarga ega bo‘lishiga qaramay,  biz  tushunamizki,  yurak-qon  tomir  kasalliklari  bilan xastalanish  va  undan  bo‘lgan  o‘lim  darajasini  pasaytirishga umumiy  amaliyot  vrachlarisiz,  ommaviy  axborot  vositalarisiz, keng  jamoa  ommasi  va  davlat  tuzilmalari  ishtirokisiz  erishib bo‘lmaydi. Kardiologik xizmat rivojlanishining imkoniyati aynan  sog‘liqni  saqlashning  birlamchi  xalqasida  umumiy  amaliyot  vrachlarini  yurak-qon  tomir  kasalliklari  xavfi  omillarini faol  aniqlashni  va  ularga  qarshi  kurashishni  o‘rgatishdan  iborat.  Shu  munosabat  bilan  xozirgi  paytda  O‘zR  SSVning  arterial  gipertoniya  bilan  kurash  bo‘yicha  milliy  dasturning  ishlab  chiqildi va  dastlabki  ish  olib  borilmoqda, 2013  yilda  «O‘tkir  koronar  sindromli  bemorlarni  aniqlash va  ularga  yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risida»  gi  106 – sonli  buyruq, 2014  yilning  oxirida  esa  «Arterial  gipertoniyali  bemorlarni  aniqlash  va  ularga  yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risida»gi  422 – sonli buyruq  qabul  qilindi.  Ushbu  buyruqlar  tomonidan  joylarda  O‘KS li  bemorlarga  yordam  ko‘rsatish  standartlari,  shuningdek  AG  li bemorlarni aniqlashni va davolashni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar belgilanadi, bu esa Markazdan-xududlarga! shiori ostida tadbiq etilishning yuqori darajasi hisoblanadi.

So‘zsiz,  viloyat kardiologiya markazining  eng  muhim  vazifalaridan  biri    davolash-profilaktika  tadbirlarini  tashkil  qilish hisoblanadi.  Buning  uchun  markazda VSSB  tomonidan  doimo  faloliyat  ko‘rsatuvchi  kardiologlar,  arterial  gipertoniya,  yurak  aritmiyasi  maktablari  tashkil  etilgan  bo‘lib,  ularga Namangan viloyatining barcha  tumanlari  poliklinikalari  va  statsionarlari  kardiologlarini  jalb  etishga  erishildi,  muntazam  ravishda jadvalga  binoan  barcha tumanlarda  sayyor  seminarlar  va  master-klasslar  o‘tkazilmoqda.  2015  yilda  markazning  yetakchi  mutaxassislari  viloyatimizning  8  ta  xududida  ilmiy-amaliy seminarlar  va  master-klasslar  o‘tkazilishida  qatnashdilar. 2016  yilda  biz  ushbu  faoliyatimizni  davom  ettirishni  va  kengaytirishni  rejalashtirmoqdamiz.  Davolash-profilaktika  muassasalari  va  birlamchi  xalqa  faoliyatiga  tibbiy  yordamning muvofiq  bosqichlarida  bemorlarni  diagnostika  qilish  va  davolash  standartlari  tadbiq  qilinmoqda.  Salomatlik–3  loyihasi doirasida  barcha  tuman  tibbiy  birlashmalarini  zamonaviy  kardiologik  asbob-uskunalar,  jumladan  EKG, exokardiograflar,  xviloyatining barcha  tumanlari  poliklinikalari  va  statsionarlari  kardiologlarini  jalb  etishga  erishildi,  muntazam  ravishda jadvalga  binoan  barcha tumanlarda  sayyor  seminarlar  va  master-klasslar  o‘tkazilmoqda.  2015  yilda  markazning  yetakchi  mutaxassislari  viloyatimizning  8  ta  xududida  ilmiy-amaliy seminarlar  va  master-klasslar  o‘tkazilishida  qatnashdilar. 2016  yilda  biz  ushbu  faoliyatimizni  davom  ettirishni  va  kengaytirishni  rejalashtirmoqdamiz.  Davolash-profilaktika  muassasalari  va  birlamchi  xalqa  faoliyatiga  tibbiy  yordamning muvofiq  bosqichlarida  bemorlarni  diagnostika  qilish  va  davolash  standartlari  tadbiq  qilinmoqda.  Salomatlik–3  loyihasi doirasida  barcha  tuman  tibbiy  birlashmalarini  zamonaviy  kardiologik  asbob-uskunalar,  jumladan  EKG, exokardiograflar,  xolter EKG-monitorlari,  veloergometrik  komplekslar  bilan  qo‘shimcha jihozlash rejalashtirilgan. Natijalar kutilgan umidlarni aldamadi. statistik kuzatuvlar ma’lumotlariga ko‘ra poliklini-kalarda arterial bosimi ortgan bemorlarni aniqlash darajasi o‘rtacha  yiliga  3–5%  ga  oshmoqda,  bemorlarning  zamonaviy  davolash uslublari bilan qamrab olinishi ko‘paydi. Umid  qilamizki,  O‘zbekiston  kardiologlari konferensiyasi,  unda  MDH  davlatlari  yetakchi  kardiologlarining  ishtiroki  yurak-qon  tomir  kasalliklarini  diagnostika qilishga  va  davolashga  yangi  texnologiyalarni  tadbiq  qilishga yangi imkon beradi hamda yurak-qon tomir kasalliklari bilan xa-stalanish va ulardan bo‘lgan o‘lim darajasini pasaytirishga xizmat qiladi.

Tashkiliy qo‘mita nomidan Sizlarni konferensiyaning ilmiy tadbirlarida va madaniy dasturida ishtirok etishga taklif qilishga ruhsat  bering.  2015  yil       –     noyabrda  Namanganda  o‘tkazilayotgan kardiologlar anjumaniga xush kelibsiz!

 

Ma`ruzalar


«Kardiologiya: yurak qon-tomir kasalliklarini davolash va tashxisi standartlaridan yuqori texnologiyalarni tatbiq etishgacha»mavzusidagi ilmiy - amaliy konferensiya dasturi

1. Fundamental tekshiruvlar va kardiologiyadagi taraqqiyot.

2. Yurak-qon tomir kasalliklarining epidemiologiyasi va profilaktikasi.

3. Kardiologiyada arterial gipertoniya va metabolik sindrom.

4. Yurak aritmiyasini tashxislash va davolashda yangi texnologiyalar. Invaziv aritmologiya.

5. Intervension kardioxirurgiyada yangi imkoniyatlar.

6. Kardiologiya soxasidagi innovatsion g‘oya va yangi texnologiyalar.

7. Surunkali yurak yetishmovchiligining kelib chiqishi va davolashda yangi yo‘nalishlar. Miokardning nokoronarogen kasalliklari.

8. Kardiologiyada o‘tkir koronar sindromi va shoshilinch xolatlar.

9. Yurakning koronar kasalligi: tashxislash va davolashda zamonaviy«Kardiologiya: yurak qon-tomir kasalliklarini davolash va tashxisi standartlaridan yuqori texnologiyalarni tatbiq etishgacha»mavzusidagi ilmiy - amaliy konferensiya dasturi

1. Fundamental tekshiruvlar va kardiologiyadagi taraqqiyot.

2. Yurak-qon tomir kasalliklarining epidemiologiyasi va profilaktikasi.

3. Kardiologiyada arterial gipertoniya va metabolik sindrom.

4. Yurak aritmiyasini tashxislash va davolashda yangi texnologiyalar. Invaziv aritmologiya.

5. Intervension kardioxirurgiyada yangi imkoniyatlar.

6. Kardiologiya soxasidagi innovatsion g‘oya va yangi texnologiyalar.

7. Surunkali yurak yetishmovchiligining kelib chiqishi va davolashda yangi yo‘nalishlar. Miokardning nokoronarogen kasalliklari.

8. Kardiologiyada o‘tkir koronar sindromi va shoshilinch xolatlar.

9. Yurakning koronar kasalligi: tashxislash va davolashda zamonaviy imkoniyatlar.

10. Aterosklerotik kasallik: ko‘p o‘choqlik (multifokal) jarayon.

11. Qon aylanish tizimining patofiziologiyasi va eksperimental kardiologiya.

Kardiologlar konferensiyasi doirasida quyidagilar o‘tkaziladi:

- kardiolog maktabi.

- kardiologlar konferensiyasi doirasida yosh olimlar tanlovi (konkursi).

Fan va o‘quv yurtlari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.E.Ataxanov

 

 

 

Videolavha

Scroll to top