Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning jismonan sog'lom, ma'nan yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi, sport bilan muntazam shug'ullanishi, o'z iste'dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratishga 

qaratilayotgan e'tibor yuksak samaralar bermoqda.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan “Otam, onam va men – sportchi oila” musobaqasi ham oilalarda ma'naviy-ijtimoiy muhitni yaxshilash, sog'lom 

turmush tarzini targ'ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 18 oilaviy jamoa o'zaro bahslashdi.

Yuqori Chirchiq tumanidan Asqarovlar oilasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Olmaliq shahridan Anorqulovlar oilasi ikkinchi, Ohangaron tumanidan Toshxo'jaevlar va Oqqo'rg'on tumanidan Rayimqulovlar oilalari uchinchi o'rinni 

egalladi. 

Ishtirokchilar “Eng epchil jamoa”, “Eng irodali jamoa”, “Eng sermazmun o'yin ko'rsatgan jamoa” kabi nominatsiyalar bo'yicha ham taqdirlandi.

 

Videolavha

Scroll to top