Biz “Osuda uyqu uchun 4 qadam” nomli maqolamizda tunda miriqib uxlash uchun foydali 4 miqdorni keltirib o’tgan edik. Bugun esa ushbu masalaga yanada to’liqroq qaytmoqchimiz.

 

 

Kunduzi qisqa muddat uxlab olish tetiklanib olish va boshdagi “kompyuterni” qayta yuklashning eng yaxshi usulidir. Biroq “qisqa” deyilgan bu vaqt o’zi qancha bo’lmog’i lozim? 

10-20 daqiqa 

Tetik va bardam bo’lishning klassik usuli. Bu vaqt davomida chuqur uyquga ketmaysiz, shunday ekan uyg’onish ham qiyin kechmaydi. 

30 daqiqa 

Bu juda yomon tanlov! 30 daqiqalik uyqudan so’ng o’zingizni horg’in va layoqatsiz sezishingiz mumkin. 

60 daqiqa 

1 soatlik uyqu miyani charchoqlardan holi qilib barcha yangi ma’lumotlar va bilimlarni “omborga” joylashga yordam beradi. Agar tuni bilan imtihonga tayyorlangan bo’lsangiz, sinovlar oldidan 1 soat mizg’ib olishni tavsiya etamiz.

 90 daqiqa

 Kunduzgi uyquning to’liq davri – siz sekin va tezkor uyqu fazasini bosib o’tishga ulgurasiz. Uyg’ongach sezilarli darajada tetiklashasiz, miya faoliyati bir qancha yaxshilanadi, tiniq va tez firklaysiz.

 Ota-onalar uchun ko’rsatma!

 9-11 soatlik uyqu 6-12 yoshli bolaning darslarni yaxshi o’zlashtirishi va sog’lom ulg’ayishi uchun kundalik zaruriy norma xisoblanadi. 14-17 yoshli farzandlaringizga kunlik 8-10 soat uyqu yetarli. Katta yoshdagilarga esa kunlik norma 7-9 soatni tashkil etadi. Aslo bundan kam emas! “Insonga kuniga 4 soat uyqu ham yetarli, yetishmayotgan qismini dam olish kunlari to’ldirib olsa ham bo’ladi” qabilidagi fikrlar hammasi bekor.

 18+

 daraja harorat yotoqxona uchun ideal harorat xisoblanadi. Bundan ortig’i ortiqcha. Inson uyquga ketgach 4 soat ichida tana harorati eng past darajaga tushadi va bu holat miriqib uxlab, yaxshi orom olish imkonini beradi. Agar xona harorati issiq bo’ladigan bo’lsa bunday oromdan bebahra qolishingiz aniq.

Videolavha

Scroll to top