viloyat axolisiga jadal tarzda yurak qon tomir xastaliklari bo'yicha tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil etadi, shuningdek soxa mutaxassislari uchun kvalifikatsion markaz xisoblanadi.

Bo'limning faoliyatiga oliy toifali, kamida 5 yillik mehnat tajribasiga ega bo'lgan, bo'lim mudiri raxbarlik qiladi. Bo'lim mudiri bo'limda ish beruvchi vakolatiga ega bo'lmaydi. Bo'lim mudirini markaz bosh vrachi ishga tayinlaydi va vazifasidan ozod kiladi.

Bo'lim mudiri markaz bosh vrachi oldida xisobdor xisoblanadi. Bo'lim mudiri bo'limdagi ish faoliyati davrida to'lik moddiy javobgar shaxs bo'lib, bo'limda belgilangan tartibda ishni tashkil qiladi, bo'limda xisobotlarni yuritadi va ishni nazorat kiladi. Bo'lim xodimlari tomonidan ichki mehnat intizomi buzilgan taqtsirda qonunda belgilangan intizomiy jazo chorasini qo'llashni so'rab markaz bosh vrachiga taqdimnoma kiritadi.

Bo'lim mudirining tavsiyasiga ko'ra bo'limdagi xodim mukofotlanishi yoki pullik rag'batlantirilishi hamda turli xil mukofotlarga nomzod etib ko'rsatilishi mumkin.

Bo'lim mudirining tavsiyasiga ko'ra bo'limdagi ichki mehnat intizomini ta'minlash va bo'limda mexnat samaradorligini oshirish maqsadida xodimlarni ish joyini o'zgartirish masalasi bo'yicha bosh vrachga taklif kiritishi mumkin.

Bo'lim mudiri bo'limda ta'magirlik holatlariga yo'l qo'ymaslik, bo'limdagi barcha tibbiyot xodimlari bemorlardan pul olmasliklari kabi, nohush holatlarni to'liq oldini olish bo'yicha to'liq mas'uldir.